Eronning Tabriz shahrida harbiy holat e’lon qilindi, fuqarolarga soat 20:00 dan keyin ko‘chaga chiqish taqiqlandi.
Bu haqda Azad Iran Telegram-kanali ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Tabrizdagi Katta bozor, shuningdek, asosiy oziq-ovqat do‘konlari yopilgan. Ayrim kichik savdo nuqtalari ma’lum soatlarda ishlayotgan bo‘lsa-da, birinchi ehtiyoj tovarlariga kirish imkoniyati cheklangan.
Qayd etilishicha, rial qadrsizlanishi fonida Eronda boshlangan norozilik namoyishlarini bostirish maqsadida xavfsizlik kuchlari, xabarlarga ko‘ra, o‘qotar qurollardan foydalangan. Aynan shu sabab komendantlik soati joriy etilgani aytilmoqda. Boshqa ehtimoliy sabab sifatida AQSh tomonidan havo zarbalari berilishi xavfi ham keltirilmoqda.