Bugun 28 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Eronning Saudiya Arabistoni aviabazasiga uyushtirgan hujumlari natijasida 29 nafar AQSh askari yaralandi

Eronning Saudiya Arabistoni aviabazasiga uyushtirgan hujumlari natijasida 29 nafar AQSh askari yaralandi

O‘tgan hafta davomida Saudiya Arabistonidagi AQShning Shahzoda Sulton aviabazasiga qilingan Eron hujumlarida 29 nafar amerikalik harbiy xizmatchi jarohat oldi.

Bu haqda Times of israel manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Bazaga shu hafta boshida ikki marta hujum qilingan, jumladan, bitta hodisa natijasida 14 nafar amerikalik harbiy xizmatchi jarohat olgan. Kecha Eron aviabazaga oltita ballistik raketa va 29 ta dron otdi, natijada kamida 15 nafar harbiy xizmatchi, jumladan, besh nafari jiddiy jarohat oldi. AQSh rasmiylari dastlab kamida 10 nafar amerikalik harbiy xizmatchi, jumladan, ikki nafari jiddiy jarohat olganini xabar qilishgan.

Kiritildi: Bugun 15:30. O'qildi: 561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!