Bu — Erondan uyushtirilgan raketa hujumidan so‘ng Tel-Avivdagi AQSh elchixonasi bo‘limining holati. Hodisa natijasida elchixona xodimlari orasida jabrlanganlar yo‘q.
Kadrlar yaqin atrofga tushgan Eron raketalari sabab yuzaga kelgan zararlarni ko‘rsatmoqda. AQShning Isroildagi elchisi Mayk Xakabi so‘zlariga ko‘ra, hujum vaqtida elchixona xodimlaridan hech kim jabrlanmagan.
Biroq diplomatning qo‘shimcha qilishicha, AQShning Isroildagi Elchixonasi va Konsulxonasi vaqtincha yopiladi.