Eron Damashqdagi elchixonasini «kerakli shartlar», jumladan, xodimlar xavfsizligi va binolar xavfsizligini ta’minlashga erishilishi bilanoq qayta ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda seshanba kuni Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Bakay ma’lum qildi.
Uning aniqlik kiritishicha, hozirdanoq tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda va vaziyat imkon bersa tezlashadi.
Suriya poytaxti qurolli muxolifat tomonidan bosib olinib, Bashar al-Assad rejimi ag‘darilganidan keyin elchixona vaqtincha yopildi.
Dushanba kuni ertalab Eronning Suriyadagi elchisi Husayn Akbariy elchixona binosi talon-taroj qilish xavfi borligi sababli missiya xodimlari vaqtincha Bayrutga ko‘chirilganini aytdi.