. Inqirozni boshqarish bo‘yicha mintaqaviy markazlar va favqulodda vaziyatlar qo‘mitalari ta’lim muassasalarini vaqtincha yopishga qaror qildi, deya xabar beradi IRNA davlat axborot agentligi.
To‘fon mamlakatning g‘arbiy viloyatlarini qamrab oldi. G‘arbiy Ozarbayjon, Kurdiston va Zanjon viloyatlari hamda Sharqiy Ozarbayjonda maktablardagi darslar bekor qilindi. Tabrizda barcha davlat idoralari va banklar ishi vaqtincha to‘xtatildi.
Eron meteorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin soatlarda qum bo‘roni Alborz viloyati va poytaxt Tehronga ham tarqalishi mumkin.