Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Eronning Bandar Abbos portidagi portlash qurbonlari soni 70 kishiga yetdi

Eronning Bandar Abbos portidagi portlash qurbonlari soni 70 kishiga yetdi

2024 yilning 26 aprel kuni Eronning Hormozgon provinsiyasidagi Bandar Abbos portida sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni 70 kishiga yetdi, deb xabar beradi Anadolu agentligi.

Bu haqda Eron davlat televideniyesi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot kotibi Husayn Zafariyga tayanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, portlashda jabrlangan 1072 kishi shifoxonadan chiqarilgan, 120 kishi esa davolanishda davom etmoqda.

26 aprel kuni tushdan keyin Eron janubidagi Fors ko‘rfazi sohilida joylashgan Bandar Abbos portida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Voqea joyidan olingan suratlarda portning bir qismi jiddiy shikastlanganini ko‘rish mumkin.

Eron rasmiylari portlash qo‘poruvchilik harakati ekanligiga dalil yo‘qligini aytdi.

Eron ichki ishlar vaziri Iskandar Mo‘miniy davlat televideniyesi orqali portlash sababi xavfsizlik choralariga rioya qilmaslik va mas’ul shaxslarning beparvoligi ekanligini tasdiqladi.

Portlashdan keyin chiqqan yong‘in to‘liq o‘chirildi.

Kiritildi: 16:38 01.05.2025. O'qildi: 637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!