Eronlik olimlar 2024 yilda yadroviy qurol uchun texnologiyalarni olish maqsadida ikki marta yashirin ravishda Rossiyaga borgan — Financial Times.
2024 yil noyabrida eronlik olimlar va yadroviy mutaxassislar guruhi Rossiyaga tashrif buyurib, yadroviy qurol yaratishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan maxfiy texnologiyalarni olishga harakat qilgan, deya yozmoqda nashr manbalariga tayanib.
Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaga Shaxid Beheshti universiteti, Ozodiy islomiy universiteti va Maliki Ashtar texnologiya universiteti (Eron mudofaa vazirligi nazoratida ostida) tadqiqotchilari kelgan.
Eronlik mutaxassislar fuqaroviy va maxfiy harbiy texnologiyalar bilan shug‘ullanadigan “Lazernie sistemi” kompaniyasi vakillari bilan uchrashgan. Bu kompaniya AQSh sanksiyaslari ostida hisoblanadi.
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining (MRB) sobiq tahlilchisi Jim Lemson va ekspert Jeyms Martinning ma’lumotlariga ko‘ra, eronliklar Rossiyaga tashriflar paytida “yadroviy qurol konstruksiyasini sinovlarsiz tekshirish imkonini berishi mumkin bo‘lgan” lazer texnologiyalarini olishga urinishgan.
Financial Times'ning qayd etishicha, eronlik olimlar 2024 yilda kamida ikki marta Rossiyaga kelgan, 2025 yil fevral oyida esa “Lazernie sistemi” kompaniyasi xodimi Andrey Savin Tehronga borgan.