Bugun 24 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eronlik general: "Iyun oyida 2000 josus hibsga olindi"

Eronlik general: "Iyun oyida 2000 josus hibsga olindi"

Iyun oyida Eronda 2000 ayg‘oqchi qo‘lga olingan.

Bu haqda brigada generali Abulfaz Shakarchi ma’lum qildi.

"12 kunlik urushning boshidan oxirigacha xorijiy razvedka bilan hamkorlik qilganlar hibsga olindi. Iyun oyida hibsga olingan josuslar soni 2000 ga yetdi", - dedi general.

Unga ko‘ra, Eronda keng qamrovli josuslik tarmog‘ini yaratish uchun katta miqdorda mablag‘ sarflangan. “Bunday tarmoqni qayta tiklash oson bo‘lmaydi”, deb qo‘shimcha qildi Shakarchi.

Eronlik general urush vaqtida mamlakat kuchlarining aksar qismi, jumladan, dengiz va quruqlikdagi kuchlardan foydalanilmagani, raketa imkoniyatlari to‘liq ishlayotganini ta’kidladi.

12 kunlik urush shu yilning 13 iyunida Isroilning Erondagi bir qancha nishonlarga keng ko‘lamli hujumi bilan boshlandi. Bunga javoban Eron harbiy amaliyotlarini davom ettirdi va urush 24 iyunda o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi bilan yakunlandi.

Kiritildi: Bugun 08:45. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!