Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eronga qarshi yangi sanksiyalar: AQSh Turkiya va BAA kompaniyalarini ham jazoladi

Eronga qarshi yangi sanksiyalar: AQSh Turkiya va BAA kompaniyalarini ham jazoladi

AQSh Moliya vazirligi Eronga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirganini ma’lum qildi.

Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) tomonidan e’lon qilingan yangi cheklovlar Eronning aviasiya va moliyaviy tizimlariga qaratilgan.

Yangilangan ro‘yxatga ko‘ra, sanksiyalar Eron, Birlashgan Arab Amirliklari va Turkiyada faoliyat yurituvchi 8 nafar jismoniy shaxs hamda 4 ta kompaniyani o‘z ichiga olgan. Bundan tashqari, Eronning Mahan Air aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan ikkita Boeing 777-200ER samolyoti ham «qora ro‘yxat»dan joy oldi. Ushbu choralar Eronning sanksiyalarni chetlab o‘tish va noqonuniy tarzda aviasiya texnikalarini sotib olish harakatlariga to‘sqinlik qilish maqsadida amalga oshirilgan.

Kiritildi: 23:42 21.04.2026. O'qildi: 244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!