Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Hormuz bo‘g‘ozidagi har qanday provokasiya mintaqadagi vaziyatni yanada og‘irlashtirishi mumkinligini bildirdi.
Tasnim axborot agentligi xabar berishicha, u Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan telefon orqali muloqotda shu haqda ogohlantirgan.
Aroqchi, shuningdek, Hormuz bo‘g‘ozi Eronga qarshi harbiy tajovuzda ishtirok etgan tomonlar kemalari uchun yopiq ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har qanday provokasion harakatlar, jumladan, BMT Xavfsizlik Kengashi doirasidagi qadamlar ham vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkin.
Fransiya tomoni esa o‘z pozisiyasini bildirib, Eronga qarshi urush va tinch aholiga qarshi hujumlarga qarshi ekanini ma’lum qildi.