Eron Fars axborot agentligi orqali AQSh va Isroilni gumanitar yordam olib ketayotgan fuqarolik samolyotiga hujum qilganlikda aybladi.
Xabarga ko‘ra, samolyot Mashhad aeroportiga qo‘ngan bo‘lib, u Eronga dori-darmon va tibbiy uskunalar olib kelayotgan bo‘lgan.
Eron Fuqaro aviasiyasi tashkiloti mazkur hujumni keskin qoralab, uni «Amerika-sionistik harakat» deb atadi.