Yaqin Sharqdagi mavjud vaziyat munosabati bilan Turkmaniston o‘z hududini xorijlik diplomatlar va ularning oila a’zolari, shuningdek, hozirda Eronda bo‘lgan boshqa fuqarolarning chiqishi uchun zudlik bilan ta’minlash choralarini ko‘rmoqda. Bu haqda Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Bugungi kunga qadar Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Ruminiya va boshqa davlatlardan 120 nafarga yaqin fuqaro Turkmaniston davlat chegarasini nazorat-o‘tkazish punktlari orqali kesib o‘tgan.
Kelganlar transport vositalari, oziq-ovqat, mehmonxonalar va zarur ashyolar bilan ta’minlandi.
Gumanitar missiyani amalga oshirish doirasida Turkmanistonning tegishli davlat organlari xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
Shu nuqtai nazardan, Turkmaniston insonparvarlik, xalqaro hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga sodiqligini amalda tasdiqlaydi, bu Turkmaniston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan Xalqaro tinchlik va ishonch yilida ayniqsa dolzarbdir.