Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Erondagi urush sababli dunyodagi neft zaxiralari rekord darajada kamaydi

Erondagi urush sababli dunyodagi neft zaxiralari rekord darajada kamaydi

S&P Global Energy tahlilchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, aprel oyida neft hajmi kuniga 6,6 million barrelga (oyiga 200 million barrel) kamaygan, vaholanki neftga bo‘lgan talab ham pasaygan. Talab kuniga 5 million barrelga tushib ketdi — bu kuzatuvlar tarixidagi ikkinchi eng yirik pasayishdir. Bundan kuchliroq pasayish faqat COVID-19 pandemiyasi davrida kuzatilgan edi.

Goldman Sachs ekspertlarining ta’kidlashicha, dunyodagi neft zaxiralari so‘nggi 8 yildagi eng past darajaga yaqinlashmoqda.

Argus agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Yevropada aviasiya yoqilg‘isi zaxiralari aprel oyida olti yillik minimal ko‘rsatkichga tushgan.

Financial Times nashrining yozishicha, AQShda ta’tillar mavsumida benzin zaxiralari tarixiy eng past darajaga yetishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi urush va Xo‘rmuz bo‘g‘ozining blokada qilinishi sababli neft bozoriga allaqachon 1 milliard barrel neft yetib kelmadi. Treyderlar kritik nuqta yana bir necha haftadan keyin kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

S&P Global Energy vakili Jim Burkxardning so‘zlariga ko‘ra, bozor hali zaxiralarning rekord darajada qisqarishiga munosabat bildirgani yo‘q, shuning uchun "neft narxining ko‘tarilishi hali oldinda", deyiladi xabarlarda.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!