Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Erondagi norozilik namoyishlari oqibatida 500 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Erondagi norozilik namoyishlari oqibatida 500 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Reuters agentligining 12 yanvar kuni inson huquqlari tashkilotiga tayanib xabar berishicha, Erondagi ommaviy norozilik namoyishlari paytida 500 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Jami 490 nafar namoyishchi va 48 nafar mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari xodimi halok bo‘lgan. 10 600 dan ortiq odam hibsga olingan.

"Eron rasmiy qurbonlar sonini taqdim etmadi va Reuters mustaqil ravishda hisob-kitoblarni tasdiqlay olmadi", deb aniqlik kiritdi agentlik.

Eronda norozilik namoyishlari 28 dekabrdan beri davom etmoqda. Yoshlar narxlarning ko‘tarilishi va milliy valyutaning qadrsizlanishidan norozi. 27 viloyatdagi 92 ta shaharda ommaviy mitinglar bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishlarda 100 mingdan ortiq aholi ishtirok etmoqda. Time jurnaliga ko‘ra, mamlakatdagi norozilik namoyishlari paytida kamida 217 kishi halok bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 11:10. O'qildi: 382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!