AQShda joylashgan inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot 3090 ta o‘lim holatini tasdiqlagan, ularning 2885 nafari namoyishchilar ekani qayd etilgan.
Reuters bilan bog‘langan mahalliy manbalarga ko‘ra, Tehronda so‘nggi kunlarda vaziyat nisbatan tinch bo‘lgan. Payshanba va juma kunlari yirik norozilik namoyishlari o‘tkazilmagan.
NetBlocks monitoring xizmati Eronda qariyb 200 soat davom etgan internetdan uzilishdan so‘ng, shanba kuni ertalab aloqa darajasi juda oz miqdorda tiklanganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, internetga ulanish odatdagi darajaning taxminan 2 foizini tashkil etmoqda.
Shuningdek, xorijda yashayotgan ayrim eronliklar shanba kuni tongda Erondagi yaqinlari bilan aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘lganini bildirgan.