Eronda AQSh va Isroil bilan bo‘lgan urush oqibatida iqtisodiyotning bir qator tarmoqlarida ommaviy ishsizlik va ish o‘rinlarining qisqarishi kuzatilmoqda. Bu holat ishlab chiqarish, chakana savdo va raqamli sektorni qamrab olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sanksiyalar, infratuzilmaga yetkazilgan zarar va iqtisodiy faollikning susayishi sabab ko‘plab korxonalar xodimlar sonini qisqartirishga majbur bo‘lgan.
Tahlilchilarning aytishicha, vaziyat ayniqsa sanoat korxonalari va eksportga bog‘liq ishlab chiqarishga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyotda ham cheklovlar va internet uzilishlari sababli faoliyat sekinlashgan.
Ba’zi hisobotlarga ko‘ra, mamlakatda o‘n minglab sanoat va ishlab chiqarish korxonalari urush davrida zarar ko‘rgan, bu esa ishsizlik darajasining oshishiga olib kelmoqda .
Ekspertlar agar urush yana davom etsa yoki qayta avj olsa, iqtisodiy bosim yanada kuchayishi va ishsizlik ko‘lami kengayishi mumkinligini ta’kidlamoqda.