Agentlikning xabar berishicha, AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi boshlanganidan beri Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) razvedkasi 103 nafar “Amerika-sionistik rejis yollanma askarini” hibsga olgan.
"Xususan, 90 kishi “dushman ommaviy axborot vositalariga” muhim ob’ektlarning koordinatalari va hujumga uchragan joylarning fotosuratlarini yuborganlikda ayblanmoqda. To‘rt kishi Tehron elektr tarmoqlarida qo‘poruvchilik uyushtirishni rejalashtirganlikda ayblanmoqda. Eron monarxistlariga aloqador bo‘lgan yana to‘rt kishi “vaziyatni beqarorlashtirish” niyatida bo‘lgan. Besh kishidan iborat guruh blokpostlarga qurolli hujumlar uyushtirishni rejalashtirgan", deyiladi Tasnim'ning xabarida.
Shuningdek, nashr ma’lumotlariga ko‘ra, internetga kirish cheklovlarini chetlab o‘tish uchun vositalar savdosida gumon qilingan 16 nafar Starlink uskunasi egalari va 400 kishiga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.