Bugun 27 mart, 2026 yil, juma

КИР

Eron mintaqadagi Isroil va AQSh bazalariga zarbalar berdi

Eron mintaqadagi Isroil va AQSh bazalariga zarbalar berdi

Eron Qo‘shma Shtatlar va Isroilga qarshi "Haqiqiy va’da 4" operasiyasi doirasida 83-hujumlar to‘lqinini boshladi.

Bu haqda Tasnim axborot agentligi Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) bayonotidan iqtibos keltirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, operasiya Isroilning janubidagi Ashdod shahridagi neft omborlariga, Modiindagi harbiy bazaga, mintaqadagi AQSh razvedka ma’lumotlarini almashish markaziga, Al-Dhafra (BAA) va Al-Udeid (Qatar) harbiy bazalariga, Ali as-Salim aviabazasidagi (Quvayt) transport samolyotlari va dronlarni saqlash va ta’mirlash angarlariga, shuningdek, Shayx Iso aviabazasidagi (Bahrayn) qiruvchi samolyotlar va reaktiv samolyotlar uchun yoqilg‘i baklariga zarbalarni o‘z ichiga olgan.

Kiritildi: Bugun 11:00. O'qildi: 679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!