Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Eronda Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan xorijiy tankerlarni olib chiqish haqidagi bayonoti tanqid qilindi

Eronda Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan xorijiy tankerlarni olib chiqish haqidagi bayonoti tanqid qilindi

Mamlakat parlamentining milliy xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Ibrohim Aziziy AQShning mintaqadagi kema qatnoviga aralashuvi sulhning buzilishi deb baholanishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bo‘g‘ozdagi yangi tartibga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan har qanday urinish tegishli javob reaksiyasini keltirib chiqaradi.

"Qo‘shma Shtatlarning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi yangi dengiz rejimiga har qanday aralashuvi o‘t ochishni to‘xtatish tartibini buzish deb qaraladi", — deb yozdi u.

Shu bilan birga, AQSh Markaziy qo‘mondonligi kemalarni kuzatib borish operasiyasiga 15 ming harbiy va 100 dan ortiq samolyot jalb etilishini bildirdi.

Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Tramp tomonidan e’lon qilingan "Ozodlik" operasiyasi tijorat kemalarini AQSh Harbiy-dengiz kuchlari kemalari bilan majburiy kuzatib borishni nazarda tutmaydi.

Axios portali manbalaridan birining so‘zlariga ko‘ra, AQSh harbiy kemalari tijorat kemalariga ehtimoliy hujumlar sodir bo‘lgan taqdirda "bevosita yaqin masofada" bo‘lib turadi. Bundan tashqari, harbiylar kemalarga bo‘g‘oz orqali o‘tadigan eng xavfsiz yo‘nalishlar haqida ma’lumot berib borishi aytilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:37. O'qildi: 399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!