Zangiota tumanidagi baliqchilik ko‘lida suv sathi pasaytirilishi oqibatida baliqlarda kislorod yetishmasligi yuzaga kelib, 200–300 grammli baliqlar nobud bo‘lgani aniqlandi.
Tekshiruvda korxona oqova suvlarida zararli moddalar miqdori me’yordan ancha yuqori ekani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, nobud bo‘lgan baliqlar kanalga tashlab yuborilgan.
Holat bo‘yicha korxonaga 92 mln so‘m kompensasiya belgilandi, mas’ullarga nisbatan ma’muriy chora ko‘rildi. Kanal esa tozalandi.