Bugun 19 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Eronda sakkiz kishi o‘limga mahkum qilindi

A A A
Eronda sakkiz kishi o‘limga mahkum qilindi

Eronning Sheroz va Karaj shaharlaridagi qamoqxonalarda jazo o‘tayotgan sakkiz nafar mahbus o‘limga mahkum qilindi.

Bu haqda «Radio Farda» xabar tarqatdi.

Ma’lum qilinishicha, oxirgi sutka davomida Sherozdagi Abdulobod va Karajdagi Gizilhasar qamoqxonalarida «noqonuniy giyohvand moddalar savdosi» va «qasddan odam o‘ldirish»da ayblangan sakkiz nafar shaxs o‘lim jazosiga hukm qilingan.

Norvegiya markazida joylashgan Eron Inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti hisobotiga ko‘ra, 2024 yilning olti oyi davomida Eronda kamida 249 kishi qatl etilgan, ulardan 147 nafari noqonuniy giyohvand moddalar savdosida ayblangan.

Kiritildi: 23:30 22.07.2024. O'qildi: 2148 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!