Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon mamlakatda yaqinda bo‘lib o‘tgan namoyishlar va tartibsizliklar davomida halok bo‘lgan qariyb 3 ming nafar shaxsning ism-shariflarini e’lon qilishga topshiriq berdi.
Prezident ma’muriyati ma’lum qilishicha, jami 2 986 nafar halok bo‘lgan shaxs haqidagi ma’lumotlar ochiqlangan. Rasmiy qurbonlar soni — 3 117 nafar bo‘lib, farq 131 kishining shaxsi hali aniqlanmagani bilan izohlandi.