Eronning shimoli-sharqidagi Guliston viloyatida kuchli yomg‘irdan keyin sel kelishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi bedarak yo‘qoldi.
Viloyatdagi inqirozli vaziyatlarni boshqarish boshqarmasi rahbari Abdulg‘afur Garavining ma’lum qilishicha, Minu-Dasht tumanida 14 ta qishloqqa olib boruvchi yo‘llar yopilgan, 19 ta qishloqda esa elektr ta’minoti uzilgan.
Hududda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.