Eron huquq-tartibot idoralari Isfahon viloyatida Isroil tomonidan Eron hududlariga berilayotgan zarbalarda qo‘llanilayotgan uchuvchisiz uchoqlar (dronlar) ishlab chiqariladigan maxfiy ustaxonani fosh qildi.
Bu haqda viloyat polisiyasi rahbari, general Muhammad Rizo Hoshimifar Tasnim agentligiga ma’lum qildi.
“Polisiya keng ko‘lamli surishtiruvlar olib bordi va natijada ushbu ustaxona aniqlandi. Hamohang operasiyada Isroil bilan bog‘liq to‘rt nafar gumondor va agent qo‘lga olindi,” — dedi Hoshimifar.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bu ustaxona Eron hududidagi diversiya faoliyatlari uchun xizmat qilgan, deb hisoblamoqda. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.