Nashrning xabar berishicha, 8-9 yanvar kunlari Eron bo‘ylab ommaviy tartibsizliklar bo‘lib o‘tgan. Norozilik namoyishlari bo‘layotgan aholi punktlari soni aslida bundan ham ko‘proq, Eronda internet o‘chirilgani sababli ko‘pchilik foydalanuvchilar tarmoqqa ulana olmayapti.
Namoyishchilar “Diktatorga o‘lim!”, “Ozodlik”, “Na Livan, na G‘azo, jonim Eron uchun fido”, deb hayqirmoqda.
Iqtisodiy inqiroz sabab kelib chiqqan Erondagi norozilik namoyishlari qariyb ikki haftadan beri davom etmoqda. HRANA huquqiy axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, norozilik aksiyalari vaqtida kamida 62 kishi halok bo‘lgan, 2300 namoyishchi qo‘lga olingan. Bundan tashqari, 8 yanvar oqshomidan beri Eronda internet to‘liq o‘chirilgan.