Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Eronda "Evro-5" markali benzin ishlab chiqariladi

Eronda "Evro-5" markali benzin ishlab chiqariladi

Eron Yevro-5 standarti talablariga javob beradigan benzin ishlab chiqarishga tayyor, deb xabar berdi Imom Xomayniy nomidagi neftni qayta ishlash korxonasi rahbari Majid Rajabiy, deb yozadi Trend.

Majid Rajabiyning aytishicha, kompaniyada Yevro-5 standartidagi benzin ishlab chiqarish jarayoni davom etmoqda va tez orada bozorga cheklangan miqdorda chiqariladi.

Uning qayd etishicha, “Evro-5” benzinini ishlab chiqarish va yetkazib berish Eronning neft mahsulotlarini tarqatish va qayta ishlash Milliy kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, kompaniya “Evro-5” standarti bo‘yicha ishlab chiqarilgan barcha benzin va dizel yoqilg‘isini yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Rasmiy Shazanddagi Imom Xomayniy nomidagi neftni qayta ishlash zavodida Yevro-4 benzin va dizelning hozirgi ishlab chiqarish hajmini mos ravishda taxminan 16 va 12,4 million litrga baholagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Evro-5” markali benzinni ishlab chiqarish va yetkazib berish hajmi neft mahsulotlarini qayta ishlash va tarqatish kompaniyasi bilan kelishilishi kerak, Shazand kompaniyasi esa “Evro-5” bo‘yicha ishlab chiqarilgan barcha benzin va dizel yoqilg‘isini yetkazib berishga tayyor.

Kiritildi: 22:25 15.05.2024. O'qildi: 1150 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!