Eron Atom energiyasi tashkiloti (AEOI) matbuot kotibi Behruz Kamolvandӣning aytishicha, Isroil va AQShning harbiy hujumlariga qaramay, Eronning yadroviy dasturi mustahkam asoslarga ega va yanada rivojlanadi.
Uning ta’kidlashicha, Eronning yadroviy sanoati chuqur ildiz otgan va hech qanday harbiy bosim yoki zarba uni izdan chiqara olmaydi.
"Bizning yadroviy sanoatimiz chuqur ildizlarga ega. Ildiz otgan narsa hujum yoki bosim bilan yo‘q bo‘lmaydi — u yana gullaydi", — dedi Kamolvandӣ.
Eslatib o‘tamiz, Tehron va Vashington orasida Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi hamda AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Vitkoff yetakchiligida Oman vositachiligida 5 marta bilvosita muzokaralar o‘tkazilgan edi.
Biroq, 13 iyundan boshlab Isroil Eronga qarshi urush boshlagani, shuningdek 22 iyun kuni AQShning Natanz, Fordou va Isfahondagi yadroviy ob’ektlarga hujumi muzokaralarni to‘xtatib qo‘ydi.
Javob sifatida Eron Qurolli kuchlari Isroilga qarshi "Haqiqat va’dasi III" amaliyotini o‘tkazib, ishg‘ol qilingan hududlardagi shaharlarga 22 marta raketa zarbalari berdi.
Bundan tashqari, Eron AQSh bazasi — Qatardagi al-Udayd harbiy bazasini ham raketa zarbalari bilan nishonga oldi.