Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Eron yadroviy kelishuvni yangilashni rad etmoqda

Eron yadroviy kelishuvni yangilashni rad etmoqda

Eron Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasini (yadroviy bitim) hozirgi shaklda yangilash g‘oyasini rad etdi.

Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi Khabar-e Onlinega bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, YAB formulasidan Eron va G‘arb o‘rtasida yangi kelishuv yaratish uchun asos bo‘lishi mumkin.

"YAB hozirgi shakli va matnida biz uchun hayotiy emas. Bizning vaziyatimiz sezilarli darajada o‘zgardi va biz avvalgi shartlarga qaytolmaymiz", dedi Aragchi.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, YEI davlatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya) Tehronga Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilish masalasida AQShga ta’sir o‘tkazishga va’da bergan.

"Biz uch Yevropa davlati bilan YABdagi kabi formulaga kelish, shuningdek, yadroviy dasturga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash va G‘arb davlatlari sanksiyalarni bekor qilish uchun muzokaralar olib bormoqdamiz. Bu sanksiyalar yevropaliklarning emas, amerikaliklarning qo‘lida. Yevropaliklar bu masalada amerikaliklarga qarshi chiqamiz, demoqda", - dedi u.

Kiritildi: 16:39 23.03.2025. O'qildi: 537 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!