Isroil mudofaa kuchlari Eron yadroviy dasturiga yetkazilgan zararni baholashga hali erta, deb hisoblamoqda.
Bu haqda The Times of Israelga Isroil armiyasi Efi Defrin ma’lum qilgan.
"Biz oldimizga qo‘yilgan barcha vazifalarni bajardik, hatto undan ham ko‘proq. Biroq xulosa chiqarishga hali erta - yadroviy dasturning turli qismlariga qilingan hujumlar natijalarini o‘rganmoqdamiz", — dedi u.
Uning qayd etishicha, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yetkazilgan zarar katta. “Aytishim mumkinki, biz uni amalga oshirishni yillar davomida kechiktirdik".