Bugun 25 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Eron va XAMAS hujumlarini qaytarib, ancha ter to‘kkan Isroil mudofaa sanoatini rivojlantirishga 108 milliard dollar sarmoya kiritadi

Eron va XAMAS hujumlarini qaytarib, ancha ter to‘kkan Isroil mudofaa sanoatini rivojlantirishga 108 milliard dollar sarmoya kiritadi

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu mamlakatning qurol ishlab chiqarishdagi mustaqilligini oshirish rejalarini e’lon qildi.

The Times of Israel nashrining yozishicha, Netanyaxu bu haqda Isroil harbiy-havo kuchlari uchuvchilariga diplom topshirish marosimida aytib o‘tgan.

"Men mudofaa va moliya vazirlari bilan birgalikda Isroilning mustaqil o‘q-dorilar ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yish uchun keyingi o‘n yil ichida 108 milliard dollar ajratishni ma’qulladim", dedi u.

Bosh vazirning ta’kidlashicha, yahudiy davlati AQSH, Buyuk Britaniya va Germaniya Isroilga qurol sotishga cheklovlar kiritganidan so‘ng, barcha yetkazib beruvchilarga, jumladan, ittifoqchilariga qaramligini kamaytirishga intilmoqda. Shuningdek, u ko‘plab davlatlar, jumladan, Germaniya ham Isroil qurol tizimlarini xarid qilishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 07:15. O'qildi: 351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!