Inson a’zolari savdosida gumon qilinayotgan ukrainalik ayol Polshadan Qozog‘istonga ekstradisiya qilindi.
U 2017-2018 yillarda inson a’zolari oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan xalqaro uyushgan jinoiy guruh a’zosi bo‘lgan.
Ushbu jinoiy guruh tirik odamlarning tana a’zolari oldi-sotdisi bo‘yicha 56 ta noqonuniy bitim tuzib, transplantasiya respublika (Qozog‘iston) sog‘liqni saqlash muassasalarida o‘tkazilgan, deya xabar berdi Qozog‘iston bosh prokuraturasi.
Ayol mart oyida Polshada qo‘lga olingan. Polsha rasmiylari xabariga ko‘ra, ukrainalik ayol a’zo bo‘lgan jinoiy guruhdan Qozog‘iston, Armaniston, Ozarbayjon, Ukraina, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Tailandning 56 nafar fuqarosi jabr ko‘rib, buyraklaridan ayrilgan.