Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarning yangi bosqichi kechiktirilyapti

Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarning yangi bosqichi kechiktirilyapti

Mamlakat TIV o‘rinbosari Said Hatibzoda AQSh bilan bo‘lajak muzokaralar sanasi hali belgilanmaganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, uchrashuvdan oldin asosiy kelishuv shartlarini muvofiqlashtirib olish zarur.

Donald Tramp muzokaralar shu dam olish kunlari o‘tkazilishi mumkinligini aytgan bo‘lsa-da, diplomatlar Islomobodda uchrashuv tashkil etish murakkab ekaniligi sababli bunga shubha bilan qarashyapti.

​Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat bo‘yicha Hatibzoda Eron tijorat kemalari uchun xavfsiz o‘tish yo‘lini ochishga tayyorligini, biroq Qo‘shma Shtatlar sulh shartlarini buzishga urinayotganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hududni barcha uchun ochiq deb e’lon qilib, faqat Tehron kemalariga cheklov qo‘ymoqchi. Vazir o‘rinbosari agar Vashington tomoni bergan va’dasida turmasa, buning oqibatlari yomon bo‘lishidan ogohlantirdi.

Kiritildi: 22:28 18.04.2026. O'qildi: 404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!