Eron va AQSh o‘rtasidagi bilvosita muzokaralar agar Vashington buni qo‘llab-quvvatlasa, yaqin orada boshlanishi mumkin, deb xabar bermoqda Reuters
Shu bilan birga, agentlik suhbatlashgan eronlik amaldorning aytishicha, Tehron Iroq, Kuvayt, BAA, Qatar, Turkiya va Bahraynga Qo‘shma Shtatlar tomonidan Eronga uyushtiriladigan hujumni har qanday shaklda qo‘llab-quvvatlash, jumladan, ularning milliy havo hududi, yer maydoni yoki harbiy bazalaridan AQSh harbiylarining foydalanishini — “dushmanona harakat” sifatida baholashini bildirgan.