Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eron o‘z mudofaasini ta’minlash uchun yangi kengash tuzadi

Eron o‘z mudofaasini ta’minlash uchun yangi kengash tuzadi

Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi (MXOK) mamlakatni tashqi tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan maxsus organ — Milliy mudofaa kengashini tashkil etishga qaror qildi, deb xabar beradi TASS.

Bu haqda MXOK kotibiyati bayonotida aytilgan.

— Milliy xavfsizlik oliy kengashi Eron konstitusiyasining 176-moddasiga muvofiq Milliy mudofaa kengashini tashkil etishni ma’qulladi, — deyiladi hujjatda.

Bayonotda qayd etilganidek, bu organga Eron prezidenti raislik qiladi va uning tarkibiga sud hokimiyati rahbari, parlament spikeri, islomiy respublika qurolli kuchlarining yuqori martabali vakillari va bir qancha vazirlar kiradi.

Kiritildi: 12:36 04.08.2025. O'qildi: 997 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!