Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eron urushi amerikaliklarga 65 milliard dollarlik qo‘shimcha yoqilg‘i xarajatiga tushdi

Eron urushi amerikaliklarga 65 milliard dollarlik qo‘shimcha yoqilg‘i xarajatiga tushdi

Braun universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Eron bilan urush boshlanganidan beri AQSh aholisi benzin uchun qo‘shimcha 65 milliard dollar sarflagan.

Amerika Avtomobil assosiasiyasi ma’lumotlarida urushdan oldin benzinning o‘rtacha narxi bir gallon uchun 2,98 dollar bo‘lgani, hozir esa 4,47 dollarga yetgani ko‘rsatilgan.

Shtatlar o‘rtasida ham narxlar keskin farq qilmoqda. Indianada bir gallon benzin o‘rtacha 3,88 dollar bo‘lsa, Kaliforniyada bu ko‘rsatkich 6,37 dollarga yetgan.

Yoqilg‘i narxining oshishi dizelga ham ta’sir ko‘rsatib, tashish xarajatlarini va natijada kundalik tovarlar narxini oshirmoqda.

Braun universiteti tadqiqotiga ko‘ra, urushning iqtisodiy ta’siri faqat harbiy xarajatlar bilan cheklanmay, amerikalik xonadonlarning kundalik xarajatlariga ham sezilarli bosim o‘tkazmoqda.

Kiritildi: 18:41 30.09.2026. O'qildi: 756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!