Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Eron uranni boyitishni to‘xtatishga tayyor

Eron uranni boyitishni to‘xtatishga tayyor

Tehron AQSh muzlatilgan mablag‘larni qayta ishga tushirishi va Eronning tinch maqsadlarda uran boyitish huquqini tan olishi sharti bilan uranni boyitishni bir yilga to‘xtatishi mumkinligini Reuters agentligi Eron manbalariga asoslanib xabar qilmoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, agar Vashington ushbu shartlarni qabul qilsa, tomonlar "siyosiy kelishuv"ga erishishlari mumkin. Hozircha bu masala Amerika delegasiyasi bilan muhokama qilinmagan. Kelishuv doirasida Eron uranni boyitishni bir yilga to‘xtatadi, yuqori darajada boyitilgan uranning bir qismi esa boshqa mamlakatlarga jo‘natiladi yoki tinch maqsadlarda yoqilg‘iga aylantiriladi.

AQSh ilgari boyitishni butunlay to‘xtatishni talab qilgan edi, chunki u yadro quroli yaratishda ishlatilishidan xavotirda edi. Tehron esa bu ayblovlarni bir necha bor rad etgan.

23 may kuni Rimda Ummon vositachiligida Eron va AQSh o‘rtasida yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarning beshinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ummon tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaidiy "ma’lum, ammo yakuniy bo‘lmagan ilgari siljish" haqida xabar berdi.

Kiritildi: 23:46 28.05.2025. O'qildi: 889 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!