Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Eron Ummon ko‘rfazida neft tankerini qo‘lga oldi — Bloomberg

 Eron Ummon ko‘rfazida neft tankerini qo‘lga oldi — Bloomberg

Agentlikning Pentagon vakiliga tayanib xabar berishicha, Eron Ummon ko‘rfazi bo‘ylab ketayotgan neft tankerini qo‘lga olib, kema Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tgach, uni mamlakatning hududiy suvlariga yo‘naltirgan.

"Gap Marshall orollari bayrog‘i ostida harakatlanayotgan Talara tankeri haqida ketmoqda. Uni qo‘lga olish amaliyotini Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi amalga oshirgan", deya yozmoqda Bloomberg.

Nashrning qayd etishicha, hodisa Eronning yana savdo kemalarini qo‘lga olishga kirishgani haqidagi xavotirlarni kuchaytirmoqda. Shunga o‘xshash so‘nggi voqea 2024 yil aprel oyida sodir bo‘lgandi, o‘shanda Tehron mintaqada Isroil bilan bog‘liq konteyner tashuvchi kemani ushlab qolgan edi.

Kiritildi: Bugun 08:50. O'qildi: 507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!