Eron Tashqi ishlar vazirligi Ukraina rasmiylarining Isroilni qo‘llab-quvvatlovchi bayonotlari va asoslanmagan fikrlari tufayli Ukrainaning Tehrondagi vaqtinchalik ishlar vakilini chaqirib, unga katta norozilik bildirdi.
Bu haqda Eron TIV rasmiy bayonotida ma’lum qilindi. Unda aytilishicha, ukrain diplomatiga mamlakat rasmiylari nomidan «qat’iy e’tiroz notasi» topshirilgan.
Bayonotda Ukraina rahbariyati «ukrain rejimi» deb atalib, ularning pozisiyasi «do‘stona munosabatlarga to‘g‘ri kelmasligi» qayd etilgan.