Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Eron TIV rahbari AQShni «noqonuniy urush»da aybladi va kompensasiya talab qildi

Eron TIV rahbari AQShni «noqonuniy urush»da aybladi va kompensasiya talab qildi

Eron qurolli kuchlari Amerika ma’muriyati rahbari Donald Tramp ushbu mojaro xato ekanligini anglab yetmaguncha o‘t ochishda davom etadi.

Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri Abbas Arakchi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. U ushbu mojaro qayta takrorlanmasligi kerakligini alohida ta’kidladi.

«Bizning qudratli qurolli kuchlarimiz AQSh Prezidenti ham eronliklarga, ham amerikaliklarga tanglayotgan noqonuniy urushi xato ekanligini va u hech qachon takrorlanmasligi kerakligini tushunib yetmaguncha o‘t ochishda davom etadi», — deb yozdi Arakchi va barcha jabrlanganlarga kompensasiya to‘lanishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 11:15 16.03.2026. O'qildi: 889 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!