Eron rasmiylari ma’lum qilishicha, ular Isroilga qarshi tinchlik kelishuvi kuchga kirishiga bir necha daqiqa qolganida 14 ta raketa yo‘llagan. Bu haqda Eron Qurolli Kuchlarining yozma bayonotida aytilgan.
«Sionistik rejimning tungi jinoyatlariga javoban va dushmanga majburan qabul qildirilgan tinchlik shartlari kuchga kirishiga sanalgan daqiqalar qolganida, Islom inqilobi posbonlari korporasiyasi (KSIR) okkupasiya qilingan hududlardagi harbiy va yordamchi ob’ektlarga zarba berdi. Hujum “Haqqoniy va’da – 3” operasiyasining 22-y to‘lqini doirasida amalga oshirildi», — deyiladi bayonotda.
Eron armiyasi bu hujumni «Isroil uchun tarixiy va unutilishi mumkin bo‘lmagan saboq» deb atadi.