"Inter" hujumchisi Mehdi Taremi faoliyatini Angliyada davom ettiradi.
Sport Mediaset xabariga ko‘ra, 33 yoshli eronlik futbolchi "Lids"ga o‘tishga yaqin turibdi. Muzokaralar jadallik bilan rivojlanmoqda.
Taremi hozirda Transfermarkt portalida 3,5 million yevroga baholangan. Uning shartnomasi 2027 yil yozigacha.