Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Eron: Tehron yadroviy muzokaralar bo‘yicha kelishuvga har qachongidan ham qat’iyroq

 Eron: Tehron yadroviy muzokaralar bo‘yicha kelishuvga har qachongidan ham qat’iyroq

AQSh bilan yadroviy muzokaralar raundi keyinga surilganiga qaramay, Tehron yadroviy muzokaralar bo‘yicha adolatli va muvozanatli kelishuvga erishish uchun har qachongidan ham qat’iyroq. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.

Vazirning tushuntirishicha, muzokaralar logistik va texnik sabablarga ko‘ra qoldirilgan.

“Amerikalik va ummonlik hamkorlarimiz bilan birgalikda muzokaralarning to‘rtinchi raundini keyinga qoldirishga qaror qildik”, deb yozdi u.

Aragchining so‘zlariga ko‘ra, Eronning pozisiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda.

"Biz diplomatik yo‘l bilan yechim topishga intilishda davom etamiz. Bundan tashqari, adolatli va muvozanatli kelishuvga erishish bo‘yicha qat’iyatimiz yanada kuchaydi", - dedi boshqarma boshlig‘i.

Kiritildi: 12:16 02.05.2025. O'qildi: 573 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!