Eron Tashqi ishlar vazirligi BMT Bosh kotibi va Xavfsizlik Kengashini Qo‘shma Shtatlar va Isroilning harakatlariga qarshi zudlik bilan choralar ko‘rishga chaqirdi.
Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilmoqda.
"Bugun ertalab, Navro‘z arafasida va muqaddas Ramazon oyining o‘ninchi kunida, Isroil Eronning hududiy yaxlitligi va milliy suverenitetini qo‘pol ravishda buzib, mamlakatimizning turli shaharlaridagi bir qator nishonlarga, mudofaa inshootlariga va fuqarolik infratuzilmasiga hujum qildi", deyiladi bayonotda.