Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroil hujumlaridan keyin Eronda 224 kishi halok bo‘lganini e’lon qildi

A A A
Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroil hujumlaridan keyin Eronda 224 kishi halok bo‘lganini e’lon qildi

Isroilning Erondagi hujumlarida 224 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Eron sog‘liqni saqlash vazirligi axborot markazi rahbari Husayn Kirmanpur ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, oxirgi 65 soat ichida 1481 kishi kasalxonaga yotqizilgan.

"Ularning 90 foizidan ortig‘i tinch aholidir" dedi Kirmanpur va 522 kishi uyiga chiqarilgan, 224 kishi esa halok bo‘lgan.

Avvalroq Vashingtonda joylashgan “Eronda inson huquqlari faollari” tashkiloti Isroilning zarbalari natijasida kamida 406 kishi halok bo‘lgani va 654 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 08:10 16.06.2025. O'qildi: 1144 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!