Bugun 9 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron shart qo‘ydi: AQSh sanksiyalarni bekor qilsa, uran boyitish darajasi pasaytiriladi

Eron shart qo‘ydi: AQSh sanksiyalarni bekor qilsa, uran boyitish darajasi pasaytiriladi

AQSh Tehronga nisbatan barcha sanksiyalarni bekor qilgan taqdirda, Eron uranni boyitish darajasini kamaytirishga tayyor. Bu haqda Islom Respublikasi vise-prezidenti va mamlakat Atom energiyasi tashkiloti rahbari Muhammad Eslami ma’lum qildi.

Uning aytishicha, AQSh bilan muzokaralarda 60 foizgacha boyitilgan uran darajasini pasaytirish masalasi Vashingtonning sanksiyalarni to‘liq olib tashlashiga bog‘liq. Eslami shuningdek, Eronda hujumlardan zarar ko‘rmagan barcha uran boyitish ob’ektlari tekshirilganini, biroq ushbu inshootlarga qilingan hujumlar vaqtida xavfsizlik bo‘yicha berilgan kafolatlar buzilganini ta’kidladi.

Vise-prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Omonda o‘tgan muzokaralarda Tehron va Vashington yuqori darajada boyitilgan uranni uchinchi davlatlarga olib chiqish masalasini muhokama qilmagan.

Kiritildi: Bugun 20:32. O'qildi: 230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!