Bugun 15 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Eron sanksiyalarni bekor qilish evaziga yadroviy dasturining tinchlikparvarligini kafolatlashga tayyor

Eron sanksiyalarni bekor qilish evaziga yadroviy dasturining tinchlikparvarligini kafolatlashga tayyor

Sanksiyalar bekor qilinishi evaziga Tehron o‘zining yadroviy dasturi doimo tinchlikparvar bo‘lib qolishini kafolatlashga tayyor.

Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi bu haqda Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Biz yadroviy dasturimizning tinchlikparvar tabiatini kafolatlay olamiz, uning doimo tinchlikparvar bo‘lishini kafolatlay olamiz. Buning evaziga biz sanksiyalarning bekor qilinishini kutamiz", dedi u Tehronning muzokaralar stoliga qaytish uchun bergan imtiyozlari haqida so‘ralganda.

Shu bilan birga, Eron tashqi ishlar vaziri o‘z mamlakati raketa dasturidan voz kechishni muhokama qilishga tayyor emasligini, chunki bu mamlakat milliy xavfsizligi va mudofaasining asosiy elementi ekanligini aytdi.

"Ballistik raketalar bizning mudofaa vositamiz va eng ishonchli mudofaa vositasidir; bu muhokama qilinmaydi. Xavfsizligimiz va mudofaamiz uchun kerak bo‘lganda, nega biz ballistik raketalarimiz haqida muzokara olib borishimiz kerak?" - deb ta’kidladi Arag‘chi.

Kiritildi: Bugun 11:00. O'qildi: 313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!