Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Eron rasmiylari Isroilga «axborot yordami» uchun o‘lim jazosi bilan tahdid qilmoqda

Eron rasmiylari Isroilga «axborot yordami» uchun o‘lim jazosi bilan tahdid qilmoqda


Eronda Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) axborot tarqatish faoliyatini keskin cheklab, Isroil manfaatiga xizmat qiladigan har qanday xabar yoki hamkorlik o‘lim jazosi bilan jazolanishini e’lon qildi. Bu bayonot mahalliy va xalqaro jurnalistlar faoliyatini jiddiy xavf ostiga qo‘yadi.

Eronning Islom inqilobi muhofizlari korpusi shanba kuni e’lon qilgan bayonotida mamlakatda axborot tarqatish bo‘yicha qonunlar yanada qat’iylashtirilayotgani ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, Isroilga manfaat keltirishi mumkin bo‘lgan har qanday axborot almashinuvi yoki axborot tarqatish faoliyati o‘lim jazosi bilan jazolanadi.

Bayonotda aytilishicha, «Mossad» yoki Isroil bilan rasmiy yoki norasmiy ravishda axborot almashish, ular bilan hamkorlik qilish yoxud Isroilni qo‘llab-quvvatlovchi, targ‘ib etuvchi va uning mavjudligini oqlaydigan har qanday media yoki madaniy faoliyat jinoyat sifatida baholanadi. Mazkur bayonot «Sionistik rejimga qarshi harakatlar to‘g‘risidagi qonun»ning bir nechta moddalariga tayanilgan holda e’lon qilindi.

Euronewsʼning fors tilidagi bo‘limi rahbari Babak Kamiyorning ta’kidlashicha, IIMK e’lon qilgan ushbu bayonot mahalliy jurnalistika faoliyatini to‘liq sukunga olib keladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «maksimal jazo» degan ibora mamlakatdagi voqelikda o‘lim jazosini anglatadi.

Kamiyor xalqaro OAV uchun ham vaziyat og‘irlashishini qayd etdi. Ayni paytda Erondagi ko‘pgina xalqaro OAV xodimlari ichki manbalarga tayangan holda ish olib borishadi. Yangi tahdidlar esa ularning faoliyatini ham jiddiy cheklashi mumkin.

Mutaxassislar fikricha, mamlakat ichida axborot nazorati oldindan ham yuqori darajada bo‘lgan. Ammo yangi bayonot ortidan, bu cheklovlar yanada kuchayib, mustaqil yoritish imkoniyati deyarli yo‘qqa chiqadi.

Kiritildi: 19:34 14.06.2025. O'qildi: 1431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!