Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron rahbariyati hukumatdagi bo‘linish haqidagi mish-mishlarga qo‘shma bayonot bilan javob qaytardi

Eron rahbariyati hukumatdagi bo‘linish haqidagi mish-mishlarga qo‘shma bayonot bilan javob qaytardi

Eron rahbariyati hukumat tarkibida bo‘linish yuz bergani haqidagi mish-mishlar fonida milliy birdamlik to‘g‘risida qo‘shma bayonot bilan chiqdi. Bu haqda yuqori martabali siyosatchilarning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalarida e’lon qilingan ma’lumotlarga tayanib xabar berilmoqda.

Shu mazmundagi xabarlarni Eron Prezidenti Ma’sud Pezeshkian, parlament spikeri Muhammad Baqir Qolibof va Tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi joylashtirgan.

Prezidentning tushuntirishicha, Eronda radikallar yoki mo‘’tadillarga bo‘linish yo‘q, chunki barcha fuqarolar inqilobchi sifatida harakat qilmoqda. Qolibof va Araqchining so‘zlariga ko‘ra, davlat institutlari hamjihatlikda faoliyat yuritishda davom etmoqda va tanlangan yo‘l mamlakatni g‘alabaga yetaklaydi.

«Biz tajovuzkorni qilgan ishlaridan pushaymon bo‘lishga majbur qilamiz», — deb yozdi Pezeshkian.

Kiritildi: 10:14 24.04.2026. O'qildi: 546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!