Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Tehronda HAMAS yetakchisi vazifasini bajaruvchi Xalil al-Hayya bilan uchrashdi.
Bu haqda mahalliy OAV yozmoqda.
Uchrashuv tafsilotlari keltirilmagan. Yig‘ilishda harakatning boshqa yuqori martabali vakillari Muhammad Darvish va Nizor Avadallah ham ishtirok etgan.