Bugun 17 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Eron prezidenti majburiy hijob to‘g‘risidagi qonunga veto qo‘ydi

Eron prezidenti majburiy hijob to‘g‘risidagi qonunga veto qo‘ydi

Eronda hijob to‘g‘risidagi qonun tufayli hukumat ichida ziddiyat yuzaga keldi, deb yozadi Germaniyaning Bild nashri.

Parlament tomonidan qabul qilingan yangi qonun ayollar uchun hijobni majburiy taqish talablarini kuchaytiradi va uni buzganlik uchun qattiq jazolar belgilaydi. Biroq Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon ushbu qonun yangi ijtimoiy g‘alayonlarni keltirib chiqarishi mumkinligidan xavotirlanib, unga veto qo‘ydi.

Eronning Hamshari nashri xabar berishicha, prezident masalani Erondagi asosiy qarorlarni qabul qiluvchi Oliy milliy xavfsizlik kengashiga havola etgan. Bu qadam qonunning qisman bekor qilinishiga olib kelishi mumkin. Yangi qonunchilik ayniqsa taniqli shaxslar uchun qattiq choralarni, jumladan, katta jarimalar, chet elga chiqishni taqiqlash va mol-mulkni musodara qilishni nazarda tutadi.

Yaqinda eronlik musiqachi Parasta Ahmadiyning hijobsiz chiqish qilgani va bu videoni YouTubeda e’lon qilgani jamoatchilik e’tiborini tortdi. U guruh a’zolari bilan birga “islom me’yorlarini buzganligi” uchun hibsga olingan, ammo tez orada ozod etilgan.

Jamoatchilik bosimi va hukumatdagi kelishmovchiliklar tufayli qonunning qabul qilinishi vaqtincha to‘xtatildi. Jazo tahdidlariga qaramay, Eronning yirik shaharlarida ko‘plab ayollar majburiy hijob kiyishga qarshi ochiqchasiga norozilik bildirmoqdalar.

Kiritildi: Bugun 08:20. O'qildi: 544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!